Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada mamlakat madaniyat vazirining sobiq o‘rinbosari hibsga olindi
Koreya Respublikasi madaniyat, sport va axborot vazirining sobiq o‘rinbosari 22 noyabr kuni mamlakat prezidenti Pak Kin Xe bilan bog‘liq korrupsiya ishi yuzasidan hibsga olindi. Prokuraturaning xabar berishicha, 55 yashar Kim Chonni hibsga olish bo‘yicha orderni Seul tuman sudi taqdim etgan.
"U tovlamachilikda, aniqrog‘i, Samsung korporatsiyasiga 1,6 mlrd von (1,35 mln dollar) mablag‘ni prezidentning yaqin dugonasi Chxve Sun Silning kompaniyasiga “qurbon” qilishni talab qilgan", - deyiladi xabarda. Bundan tashqari, u Chxve Sun Silga davlat e'tiboriga molik sirlarni yetkazishda ham ayblangan.
Kim Chon 2013 yil vazir o‘rinbosari bo‘lgunga qadar Seulning "Xan'yan" universitetida dars bergan.
Mavzuga oid
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
22:00 / 17.04.2026