Jahon | 13:52 / 23.11.2016
5557
2 daqiqa o‘qiladi

KXDR AQShdan «tajovuzkor yadro tahdidlari»ni to‘xtatishni talab qildi

Foto: © RIA Novosti

KXDR AQShga respublika va uning rahbari Kim Chen Inga «tajovuzkor yadro tahdidlari»ni to‘xtatishni talab qilib xat jo‘natdi. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligi (KMTA) xabar bergan.

To‘qqiz sahifadan iborat bo‘lgan nomada amaldagi AQSh prezidenti Barak Obama ma'muriyati Shimoliy Koreya rahbarini «yo‘q qilish» uchun barcha harakatni amalga oshirayotgani ta'kidlangan. AQSh KXDRni yirik harbiy manyovrlar va yadro zarbalarini berish imkoni bilan qo‘rqitmoqda, deb qo‘shimcha qiladi KMTA. Shuningdek, respublikaga qarshi sanksiyalarning salbiy o‘rni ham ta'kidlab o‘tilgan.

Sun gazetasining ta'kidlashicha, hujjatda amerikalik prezidentni «doimiy ravishda KXDRga tuhmat va tanqid yog‘dirishi», shuningdek uning hukumati «tajovuzkor va yoqimsiz bo‘g‘adigan strategiya»ga amal qilishi haqida ham ayblovlar bor. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid