Fan-texnika | 22:00 / 23.11.2016
8993
1 daqiqa o‘qiladi

Qulamaydigan mototsikl prototipi namoyish qilindi (video)

Foto:24gadget.ru

Thrustcycle kompaniyasi o‘z muvozanatini o‘zi saqlovchi, ichki volanlari tufayli vertikal holatni saqlab qolishga qodir GyroCycle elektr mototsikl prototipini namoyish qildi. Bu haqida 24Gadget nashri ma'lum qildi

Yangi transport vositasi burilishlarda avtomatik ravishda vertikal holiga qaytadi va bu holatni to‘xtash joylarida ham saqlab qoladi. 

GyroCycle'ning tijorat versiyasida 8500 Vt'li litiy batareyalarini qo‘llash rejalashtirilmoqda, bu bir zaryad bilan 129 kilometrgacha masofani bosib o‘tishga hamda soatiga 121 kilometr tezlikka yetishga imkon beradi. Ishlab chiqaruvchining ta'kidlashicha, kompaniya zavodlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan, bu esa o‘z muvozanatini o‘zi saqlovchi elektr mototsikllarini keyingi yildanoq ishlab chiqarish mumkinligini anglatadi. Uning bahosi 20 000 dollardan oshmaydi. 

Mavzuga oid