Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rufat Risqiyev komada ekani haqidagi xabar tasdiqlanmadi
Afsonaviy bokschi Rufat Risqiyev koma holatida emas. Uning oila a'zolaridan birining «Kun.uz» tahririyatiga ma'lum qilishicha, u og‘ir ahvolda emas.
Aniqlik kiritilishicha, sobiq bokschi 20 noyabr kuni qon bosimi ko‘tarilib, shifoxonaga tushib qolgan. Ayni vaqtda uning ahvoli barqarorlashgan.
Bundan oldinroq mahalliy nashrlar Rufat Risqiyev komada ekani haqida xabarlar tarqatgandi.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning sentabr oyi oxirida Toshkent shahridagi 16-shifoxonada shifokorlar venalar trombozining og‘irlashishi sababli Rufat Risqiyevning o‘ng oyoq tizzasidan pastini kesib tashlash uchun jarrohlik amaliyotini o‘tkazishgandi.
2 oktabr kuni 67 yoshni qarshilagan Rufat Risqiyev 1974 yilda Gavanada o‘tkazilgan jahon chempionatida 75 kg vazn toifasida g‘olib bo‘lishga erishgan. U 1976 yilgi Monreal Olimpiada o‘yinlari Kumush medali sovrindori, qator xalqaro turnirlar g‘olibi, Kuba Ochiq chempionatining ikki karra chempioni hisoblanadi. AQSh, Kuba, Avstriya, Yugoslaviya, Ispaniyada o‘tkazilgan xalqaro turnirlar g‘olibi. Markaziy Osiyodagi ilk xalqaro toifadagi professional boks hakami. “Hurmat Belgisi”, “Buyuk xizmatlari uchun”, “El-yurt hurmati” ordenlari kavaleri. Yaqin o‘tmishda – O‘zbekiston Professional boks federatsiyasining vitse-prezidenti, ayni paytda – oddiy pensioner.
Mavzuga oid
00:05 / 26.10.2024
Italiyada komadan uyg‘ongan 63 yoshli erkak qariyb 40 yillik o‘tmishini eslay olmayapti
20:09 / 13.05.2023
Mashhur bokschi Rufat Risqiyevga IBA tomonidan umrbod moliyaviy yordam beriladi
12:01 / 09.01.2020
Komaga olib keladigan 8 holat
17:35 / 08.11.2019