BMW kelajakda avtomobil sotuvchi menejyerlarga ehtiyoj qolmasligi mumkinligini aytdi
Yaqin yillarda BMW kompaniyasi an'anaviy avtosalonlardan voz kechishi mumkin, chunki uning modellar qatori shunchalik kengayib ketganki, mashina dilerlari barcha bu avtomobillarni mijozlarga namoyish qilish uchun yetarlicha jismoniy imkoniyatlarga ega emaslar.
Autocar portaliga shunday fikrni BMW’ning savdoni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Mixael Fuks bildirdi va bunday o‘zgarishlarga shubhasiz "yaqin 10 kun" yetmasligini, balki ko‘proq vaqt talab etilishini ta'kidlab o‘tdi: "Men keyingi 10-15 yil davomida odatiy avtosalonlar qoladi, deb ayta olmayman", deb aytdi Fuks.
BMW’da avtomobillarni sotish mexanizmini zamonaviy texnologiyalar, jumladan virtual reallikni joriy qilib sekin-asta o‘zgartirish rejalashtirilmoqda. Bunda kompaniya rahbarlari boshqa avtomobil kompaniyalari tajribasiga tayanib yakuniy qarorga kelishmoqchi.
Mavzuga oid
20:36 / 03.09.2024
BMW kompaniyasi 140 mingdan ortiq elektrokarini chaqirib oladi
23:08 / 22.08.2024
BMW birinchi marta Yevropada elektromobillar savdosi bo‘yicha Tesla’dan o‘zib ketdi
19:50 / 20.08.2024
BMW AQShda 720 mingdan ortiq avtomobilini chaqirib oladi
07:34 / 07.06.2024