Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya mudofaa vazirligi Estoniyaga harbiylarini yuborishini tasdiqladi
Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Maykl Fellon hukumat 800 harbiy xizmatchisini NATOning ko‘pmillatli bataloni tarkibiga yuborish niyatini tasdiqladi. Bu batalon Boltiqbo‘yi respublikalaridan biri Estoniyaga joylashtiriladi.
23 noyabr kuni Fellon Londonda NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg bilan uchrashdi. Ular xavfsizlik bilan bog‘liq masalalarni hamda Britaniyaning NATO rejalarini hayotga tatbiq etishdagi amaliy ishtirokini muhokama qilishgan.
"Fellon Britaniya NATOning ko‘pmillatli bataloni doirasida Estoniyaga 800 nafar askarini yuborishini tasdiqladi. Batalonning to‘liq tarkibi Fransiya va Daniya ishtiroki bilan ta'minlanadi", — deyiladi Britaniya mudofa vazirligi matbuot xizmati xabarida.
NATOning iyul oyida Varshavada o‘tkazgan sammitida alyans Latviya, Litva, Estoniya va Polshada, ushbu mamlakatlar hukumatlarining iltimosiga binoan, ko‘p millatli batalonlarni joylashtirishga qaror qilgan edi. Unga ko‘ra, Latviyada Kanada, Litvada Germaniya, Estoniyada Buyuk Britaniya, Polshada AQSh o‘z batalonlarini joylashtirishi belgilab olingandi.
NATOning Estoniyadagi bataloni 2017 yilning birinchi yarim yilligida joylashtiriladi. Uning tarkibi 1,1 ming harbiy xizmatchidan iborat bo‘ladi. Bunga Britaniyaning 800 nafar va Fransiyaning 300 nafar askari kiradi. Keyinchalik fransuzlarni daniyalik harbiylar almashtiradi. Buyuk Britaniya, shuningdek, Warrior mashinalari, Challenger 2 tanklari va ayg‘oqchi dronlarni taqdim etadi. Fransiya ham og‘ir harbiy texnikalar yuboradi. Batalon Tapa harbiy shaharchasida joylashadi hamda Estoniya mudofaa kuchlari 1-piyoda brigadasi bilan hamkorlik qiladi.
Mavzuga oid
10:15 / 08.06.2026
O‘zbekiston NATO sherik davlatlari kunida ishtirok etdi
22:20 / 06.06.2026
NATO Ukrainaga 70 mlrd yevrolik harbiy yordam ajratish masalasini muhokama qilmoqda – OAV
09:37 / 25.05.2026
NATO sammiti oldidan Ukraina bo‘yicha bahslar kuchaydi
08:46 / 22.05.2026