Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron va Isroil BMTda bir-birini terrorizmni qo‘llab-quvvatlashda aybladi
Eron Isroilni Falastin xalqiga nisbatan terror uyushtirish va xalqaro huquq me'yorlarini buzishda ayblamoqda. BMTdagi Eron doimiy vakolatxonasining ushbu bayonoti Livanning "Hizballoh" guruhini qurollantirayotgani haqidagi unga nisbatan ayblovlarga nisbatan javob bo‘ldi.
Bundan avval, Isroilning BMTdagi vakolatxonasi Xavfsizlik kengashiga maktub yo‘llab, Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Mahan Air aviaparvozlaridan "Hizballoh"ga qurol-yarog‘lar yetkazishda foydalanayotganini iddao qilgan edi. Isroil doimiy vakili Danni Danonning bayonot berishicha, shu bilan Eron BMT XK 2231-sonli rezolyutsiyasini xamda Livan va Isroil o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha qabul qilingan 1701-sonli rezolyutsiyasi bandlarini buzgan.
Eronning xalqaro tashkilotdagi doimiy vakili G‘ulomhusayn Degoniy bu ayblovlarni "asossiz da'volar" deb baholadi.
"O‘nlab yillardan beri boshqa xalqlarning yerlarini bosib olgan va Falastin xalqining asosiy huquqlari, xususan o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini rad etuvchi tuzumning davriy ravishda mamlakatimni xalqaro huquqni buzishda ayblashi bema'nilik va ikkiyuzlamachilikdir", — degan Degoniy.
"Uzoq vaqtdan beri Falastin xalqini qo‘rqitib, uni o‘z yerida o‘qqa tutayotgan tuzum vakilining Eronni terrorizmni qo‘llab-quvvatlashda ayblashi ham xuddi shunday bema'nilik va ikkiyuzlamachilikdir", — deyiladi bayonotda.
Mavzuga oid
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
09:45 / 13.06.2026
Eronning milliardlab dollarlik mablag‘lari atrofida bahs kuchaydi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
20:03 / 12.06.2026