Jahon | 10:56 / 24.11.2016
11954
1 daqiqa o‘qiladi

Finlyandiya Kaliningradda raketa majmualari joylashtirilishiga o‘z qarashini bildirdi

Foto: AP

Rossiyaning Kaliningrad viloyatida «Iskander» va S-400 raketa majmualarini joylashtirishi bevosita tahdid uyg‘otmasa-da, javob choralarining «salbiy spirali» «tasodifiy, ammo ma'lum bir» oqibatlarga olib kelishi mumkin. Associated Press agentligiga ko‘ra, Finlyandiya mudofaa vaziri Yussi Niinistyo MTV3 telekanalidagi chiqishida shunday fikrlarni bildirgan. 

Mudofaa vazirining qayd etishicha, Moskvaning Xelsinki tomon agressiv rejalarini ko‘rmayapti. «Bu ma'noda Rossiya Finlyandiya uchun tahdid uyg‘otmaydi», — degan vazir. 

Niinistyo, shuningdek, mintaqadagi vaziyat yumshashiga umid bildirgan. Shu bilan birga, uning aytishicha, inqiroz yuz bergudek bo‘lsa, Finlyandiya YeI a'zosi sifatida tashkilotning yordam berishiga ishonadi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid