Sport | 16:03 / 24.11.2016
7944
1 daqiqa o‘qiladi

Ispaniya prokuraturasi Eto'O uchun 10 yillik qamoq jazosi so‘ramoqda

Turkiyaning «Antaliyaspor» jamoasi hujumchisi Samyuel Eto’O 2006-2009 yillarda «Barselona» safida to‘p surgan paytlarida taxminan 3,5 million yevro miqdorida soliqlarni to‘lamaganlikda gumon qilinmoqda.

Ispaniya prokuraturasi mazkur ayblov bo‘yicha  ish ochib kamerunlik futbolchi 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilinishi va 14 million yevro miqdorida jarima to‘lashini talab qilib chiqqan. Hujjatlarda qayd qilinishicha, Eto’O imij huquqini sotish orqali topadigan pullari uchun soliqlardan qochish maqsadida ikkita kompaniyaga (bittasi Ispaniyada, ikkinchisi Vengriyada) muassislik qilgan.

O‘sha davrlarda Puma afrikalik futbolchi uchun yiliga 1,5-3 million yevrogacha yillik gonarar to‘lagan. Eto’O esa noqonuniy yo‘llar bilan ushbu pullarning barchasini saqlab qolgan va soliqlarni to‘lamagan.

Mavzuga oid