Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu-York politsiyasi parad ishtirokchilarini IShIDdan munosib himoya qilishga tayyor
Nyu-York politsiyasi Minnatdorchilik bayrami munosabati bilan o‘tkaziladigan 90-parad namoyishini muhofaza qilish maqsadida qum to‘ldirilgan yuk avtolari, radiatsiya detektorlari, maxsus o‘rgatilgan itlar va og‘ir qurollangan askarlardan foydalanadi. Namoyishchilarni IShID terrorchilaridan himoyalash maqsadida barcha choralar ko‘rildi. Bu haqida Reuters ma'lum qildi.
Rasmiylar paradda 3,5 million kishi ishtirok etishini taxmin qilishmoqda. Har yili Manxettenda bo‘lib o‘tadigan ushbu tantana milliy televideniye orqali namoyish etiladi.
Manbaga ko‘ra, IShID bilan kurashish uchun 82ta qum to‘ldirilgan yuk mashinasi jalb etilgan.
IShID terrorchi guruhi Rumiyah internet-jurnali orqali Nitstsadagi namoyishda 80dan ortiq kishining hayotiga zomin bo‘lgan terrorchi kabi odamlarni o‘ldirish va ularga jarohat yetkazish uchun avtotransport vositalaridan foydalanishga chaqirgan.
Politsiya shuningdek yangi saylangan AQSh prezidenti Donald Trampga qarashli Trump Tower, uylar va shtab-kvartira kampaniyasi joylashgan hududlarni himoya qilishda qum to‘ldirilgan yuk mashinalaridan foydalanadi.
Manbaga ko‘ra, joriy yilda politsiya o‘tgan yillardan farqli o‘laroq namoyish bo‘lib o‘tadigan maydonda transport vositalari harakatini cheklaydi.
"Biz odamlar xavfsizligini ta'minlashimiz uchun maosh olamiz va ertaga ularni xavfdan himoya qilishga tayyormiz", - dedi politsiya komissari Jyeyms O'Nil.
Mavzuga oid
08:06 / 13.05.2026
Nyu-Yorkdan Londonga 3,5 soatda: yangi aviatsiya davri boshlanmoqda
23:03 / 14.03.2026
Ispaniyada Yaqin Sharqdagi urushga qarshi namoyishlar o‘tkazildi
00:25 / 26.01.2026
Erondagi norozilik namoyishlar vaqtida 30 ming kishi halok bo‘lgan – OAV
15:17 / 19.01.2026