Sport | 21:06 / 24.11.2016
12464
1 daqiqa o‘qiladi

«Real» Beylni uzoq muddatga yo‘qotdi

«Real» hujumkor yarim himoyachisi Garet Beyl to‘piq paylarini cho‘zib olishi natijasida orttirib olgan jarohatini operatsiya qildiradigan bo‘ldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, uelslik futbolchi 29 noyabr kuni Londonda jarrohlik amaliyotini o‘tkazadi.

«Real» Beylning qachon safga qaytishini aytmayapti. Biroq Marca nashri bergan xabarga ko‘ra, futbolchi taxminan 3 oy mobaynida safga qayta olmaydi.

Hozircha, Beylning bahorda safga qaytishi kutilmoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid