Jamiyat | 14:24 / 24.11.2016
23831
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbek televideniyesida o‘ziga xos yangi teleshou paydo bo‘ladi

Foto: Milliy TV

O‘zbekiston televideniyesida ilk bor yangi yo‘nalishdagi kechki shou dasturi Milliy TV telekanali orqali efirga uzatiladi.

Milliy TV ijodkorlari tez kunda MTV Show deb nom olgan yangi loyiha ishga tushirilishi haqida e'lon qildi. Har oqshom dushanbadan jumaga qadar yaxshi musiqa va ajoyib mehmonlarga boy dastur teletomoshabinlar kayfiyatini ko‘tarish uchun efir yuzini ko‘radi. YouTube’da yangi teleloyihaning videoanonsi paydo bo‘ldi.

Teledasturning syujyetiga oid boshqa ma'lumotlar hozircha sir tutilmoqda. Yangi dastur dekabr oyidan boshlab efirga uzatila boshlashi kutilmoqda.

Reklama huquqi asosida

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid