Afğonistonda ayrim xorijiy telekanallar efiri taqiqlandi, deb xabar berdi DW.

Xabarda aytilişiça, toliblar mahalliy kanallarga ayrim xorijiy telekanallarni translatsiya qilmaslikni buyurgan.

Buyruqqa köra, BBC, "Amerika ovozi", Deutsche Welle va Xitoyning CGTN telekanallari efirdan olib taşlangan.

Qayd etilişiça, fors tilidagi BBC efiri töxtatilmagan, faqat uni sun’iy yöldoş televideniyesiga ega 20 foiz aholi körişi mumkin. Radio va onlayn-servislar taqiqlanmagan.