Turkmanistonda Rossiyaning "Rossiya-1" va "Zvezda" telekanallari efiri vaqtinça töxtatildi, deb xabar berdi DW. "Aşxobod şahar telefon tarmoği" operatori yaqin vaqt içida rezerv translatsiya taşkil etilişini bildirgan.

Avvalroq Qirğizistonda ham Rossiyaning ayrim telekanallari efiri vaqtinça töxtatilgani ma’lum bölgandi. Bu mamlakatda "Rossiya-24", "Rossiya Kultura" va "Zvezda" telekanallari translatsiyasi töxtatib qöyilgan.

"Aknet" telekommunikatsiya kompaniyasining bildirişiça, bunga "qator mamlakatlarda Rossiya telekanallari efiriga çeklovlar kiritilgani bois xalqaro sun’iy yöldoşlarda VGTRK telekanallari efiri bloklangani" sabab bölgan.

Qayd etilişiça, hozirda rezerv translatsiyani taşkil etiş işlari olib borilmoqda.

Şu bilan birga, Rossiyaning "Pervyy kanal", "RenTV", "NTV", Ss, TNT, Çe, "Matç" va boşqa kanallari efiri davom etmoqda.

Avvalroq YeI, Buyuk Britaniya, Avstraliya va boşqa qator davlatlar VGTRK, uning rahbariyati va xodimlariga nisbatan sanksiyalar kiritgandi.