Jahon | 21:01 / 23.04.2022
15413
2 daqiqa o‘qiladi

Hindistonda telekanallar Ukrainadagi vaziyatni yoritishda yolg‘on ma’lumotlar bermaslik haqida ogohlantirildi 

Qayd etilishicha, "Ukrainadagi nizo bilan bog‘liq vaziyatda telekanallar axborotga aloqasi bo‘lmagan shov-shuvli sarlavhalardan foydalangan, jurnalistlar esa asossiz va yolg‘on ma’lumotlarni tarqatgan". 

Foto: REUTERS/Francis Mascarenhas

Hindiston hukumati mahalliy telekanallarga Ukrainadagi vaziyat hamda Nyu-Dehlidagi elatlararo to‘qnashuvlarni yoritishda noto‘g‘ri va provokatsion ma’lumotlar tarqatishdan tiyilishni tavsiya qildi. Bu haqda mamlakat axborot vazirligi ma’lum qildi.

"Axborot vazirligi xususiy yangiliklar telekanallariga yolg‘on ma’lumotlar va shov-shuvli sarlavhalardan foydalanmaslikni tavsiya qildi. Tavsiya xususan, Rossiya-Ukraina nizosi va Dehli shimoli-g‘arbidagi voqealarga taalluqli", - deyiladi vazirlik tomonidan. 

Ma’lumot berilishicha, "Ukrainadagi nizo bilan bog‘liq vaziyatda telekanallar axborotga aloqasi bo‘lmagan shov-shuvli sarlavhalardan foydalangan, jurnalistlar esa asossiz va yolg‘on ma’lumotlarni tarqatgan". 

Dehlidagi to‘qnashuvlar borasida esa "ayrim kanallar yangiliklarni provokatsion sarlavhalar va zo‘ravonlik aks etgan videolavhalar bilan translatsiya qilgan”.  

Qayd etilishicha, bu elatlar o‘rtasida nifoq kelib chiqishiga hamda tinchlik, qonun va tartib buzilishiga olib kelishi mumkin.

Mavzuga oid

E`lonlar