Rossiyalik teletomoşabinlar tarğibot tok-şoularini tomoşa qilişdan köngiloçar kontentni köproq afzal köryapti. Bu haqda «Mojyem ob’yasnit» Telegram-kanali Rossiyadagi barça ommaviy axborot vositalari auditoriyasini ölçaydigan va Rossiya aholisi iste’moli afzalliklari böyiça sanoat tadqiqotlarini olib boruvçi Mediascope ma’lumotlariga tayanib xabar berdi. 

Şunday qilib, ötgan hafta eng maşhur 100 ta dastur röyxatiga «Rossiya 1» kanalining faqat «60 minut» körsatuvi kirdi. 1 dekabr kungi Olga Skabeyeva va Yevgeniy Popovning tok-şousi eng keng yoşdagi (18 yoşdan 54 yoşgaça) tomoşabinlar orasida atigi 62-örinni egalladi. 

Şunga öxşaş boşqa dasturlar («Vremya pokajyet», «Veçer s Vladimirom Solovevym», «Mesto vstreçi») ilgari tomoşabinlar orasida maşhur bölgan bölsa-da, hozirgi kunda top-100ga umuman kiritilmagan. 

Masalan, oktyabr oyi oxirida beşta tarğibot tok-şousi birdaniga eng reytingi baland 100 ta dastur qatoriga kirgandi.

Ötgan haftaning eng ommabop dasturi Qatarda bölib ötayotgan jahon çempionati doirasidagi Fransiya - Polşa futbol uçraşuvining translatsiyasi böldi. 

Yana uçta futbol öyini translatsiyasi, şuningdek, «Novaya bitva ekstrasensov» körsatuvi kuçli öntalikka kirdi. Qolgan qatorlar turli telekanallarda, şu jumladan mintaqaviy telekanallarda yangiliklar dasturlari orqali özaro bölib olingan.

Bundan oldin Yevropa komissiyasi Rossiyaga qarşi yangi sanksiyalar paketini taqdim etgandi.

Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen Rossiyaga qarşi sanksiyalarning töqqizinçi paketida «Rossiyaning har qanday turdagi dronlardan foydalanişini butunlay töxtatişni», ya’ni nafaqat Rossiyaga uçuvçisiz uçoqlarni töğridan töğri yetkazib berişni, balki ularni Rossiya armiyasiga yetkazib beradigan, xususan Eron kabi mamlakatlarga ham taqiqlaşni taklif qildi.

Bundan taşqari, ikki maqsadli tovarlarga nisbatan çeklovlar kengaytiriladi, «jumladan, bir qator kimyoviy moddalar, jumladan, asab preparatlari, elektronika, butlovçi qismlar va Rossiya harbiy-sanoat kompleksi foydalanişi mumkin bölgan barça narsalarga», dedi u.

Rossiya Federatsiyasining toğ-kon sanoati, uçta bank va törtta telekanal ham sanksiyalar ostida qoladi. Deyarli 200 rossiyalik qora röyxatga kiritiladi.