Jahon | 12:18 / 24.11.2016
4763
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyada prezident impichmenti bo‘yicha ovoz berish o‘tkazilishi mumkin

Foto: RIA «Novosti»

Koreya respublikasining yirik muxolifati – Demokratik partiya dekabr oyi boshida prezident Pak Kin Xega impichment e'lon qilish bo‘yicha taklifni parlament ovoziga qo‘yishni rejalashtirmoqda. 

"Biz impichment masalasi bo‘yicha 2 dekabrgacha ovoz berish jarayoni o‘tkazilishiga erishmoqchimiz. Ammo uzog‘i 9 dekabrgacha", — deya partiya vakili U San Xo so‘zlarini keltiradi Yoxnap agentligi. 

Taklifning Janubiy Koreya parlamentida qabul qilinishi uchun 300 nafar deputatdan 200 nafari ovoz berishi kerak. Bu esa, muxolif partiya hukmron "Senuri" partiyasining kamida 28 deputatining ovozini olishi kerakligini anglatadi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid