Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Viskonsinda AQSh prezidentlik saylovidagi byulletenlar qayta sanaladi
Amerikaning Viskonsin shtati saylov komissiyasi AQSh prezidentligi uchun bo‘lib o‘tgan saylovlardagi byulletenlarni qayta sanashga rozilik bildirdi. Yashillar partiyasi vakili Jill Stayn shunday talab bilan murojaat qilgan, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.
Xabarlarga ko‘ra, kelasi hafta so‘nggida 3 mln byulletenni sanash ishlari boshlanadi. Buning uchun Stayn 1,1 million dollarga yaqin pul to‘laydi.
Bundan tashqari, Stayn talabiga ko‘ra, Michigan va Pensilvaniya shtatidagi ovoz berish varaqalari ham qayta sanalishi mumkin. Stayn shu maqsadda 7 mln dollar mablag‘ to‘plashga harakat qilishini, shu paytgacha 5 mln dollar to‘play olganini ta'kidlagan.
Prezidentlik saylovida bir foizdan ko‘proq ovoz to‘play olgan Staynning aytishicha, uning maqsadi Tramp g‘alabasini bekor qildirish emas, balki AQSh saylov tizimining haqqoniyligini tekshirishdan iborat.
Mavzuga oid
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026
AQSh Yevropa hududidan aviatashuvchi va suvosti kemasini olib chiqadi
09:45 / 13.06.2026