Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
A seriyada sensatsiya. «Yuventus» mag‘lubiyatga uchradi
Italiya A seriyasining 14-turidan o‘rin olgan uchrashuvlarda sensatsiya qayd qilindi. Turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilib kelayotgan «Yuventus» Genuyada mehmon bo‘lib imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
«Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeonening o‘g‘li Jiovanni to‘p suradigan «Jyenoa» birinchi bo‘limning o‘zidayoq uchrashuv taqdirini hal qilib qo‘ya qoldi. Jiovanni Simeonening o‘zi esa 10 daqiqa ichida ikkita gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. 3:1 hisobida yakunlangan uchrashuvda turinliklardan yagona javob golini Mirolim Piyanich 82-daqiqada kiritdi.
Ushbu g‘alabadan keyin «Jyenoa» hisobidagi ochkolar soni 19taga yetdi va jamoa 9-o‘rinda bormoqda. Biroq genuyaliklar bitta qoldirilgan uchrashuvni o‘tkazishlari lozim. O‘sha o‘yinda g‘alaba qozonilgan taqdirda jamoa yevrokuboklarda ishtirok etuvchi yo‘llanmalar uchun kurash olib borishi mumkin bo‘ladi.
«Yuventus» esa yo‘qotishga qaramay chempionatda karvonboshilikni davom ettirmoqda. Biroq endi turinliklar va «Milan» o‘rtasidagi farq 4 ochkogacha qisqardi.
Shuningdek, Italiyada yana bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Natijalar bilan quyida tanishib olish mumkin.
Italiya A Seriyasi
14-tur
Jyenoa – Yuventus – 3:1 (3:0)
Gollar: Simeone, 3 (1:0); Simeone, 13 (2:0); Sandro, 29 (3:0, avtogol); Pyanich, 82 (3:1).
Jyenoa: Perin, Itstso, Burdisso, Munos, Lazovich (Edenilson, 68), Kofi, Laksalt, Rigoni (Gakpe, 87), Rinkon, Okampos (Biraski, 89), Simeone.
Yuventus: Buffon, Bonuchchi (Rugani, 33), Benatiya, Aleks Sandro, Lixtshtayner (Iguain, 53), Ernanes, Xedira (Sturaro, 70), Kuadrado, Pyanich, Dani Alves, Manjukich.
Ogohlantirishlar: Rinkon, 24; Kofi, 81; Biraski, 90+4 – Kuadrado, 77; Sturaro, 90+1.
Krotone – Sampdoriya – 1:1 (1:0)
Gollar: Falchinelli, 43 (1:0); Fernandesh, 71 (1:1).
Bolonya – Atalanta – 0:2 (0:1)
Goly: Maziyello, 15 (0:1); Kurtich, 68 (0:2).
Kalyari – Udineze – 2:1 (1:0)
Gollar: Farias, 35 (1:0, pen); Fofana, 51 (1:1); Sau, 58 (2:1).
Mavzuga oid
13:39 / 15.02.2026
«Real»da yirik g‘alaba, Italiya derbisida hakamlik mojarosi. Kun o‘yinlari
12:15 / 02.07.2025
«Real»da yangi yulduz porlashda davom etmoqda, Ramos uyga qaytdi
12:27 / 19.06.2025
Alonso «Real»da durang bilan boshladi, «Siti»da oson g‘alaba
14:28 / 28.10.2024