O‘zbekiston | 13:37 / 28.11.2016
3514
2 daqiqa o‘qiladi

YeXHTning 300 nafar vakili O‘zbekiston prezidentlik saylovini kuzatadi

Foto: O‘zA

O‘zbekistondagi prezidentlik saylovida YeXHTning 300 nafar kuzatuvchisi faoliyat yuritadi. Umuman, xalqaro kuzatuvchilarning umumiy soni 600 nafarga yaqin kishini tashkil etadi. Bu haqda, O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi rahbari Mirza-Ulug‘bek Abdusalomov Rossiya OAV vakillari bilan o‘tkazgan matbuot brifingida ma'lum qildi, deb xabar qilmoqda RIA “Novosti” agentligi. 

"YeXHT birinchi marotaba O‘zbekiston keng qamrovli missiyasini tashkil etdi… Bu safar ular avvallari bo‘lganidek cheklangan vakillarini yuborayotgani yo‘q. Ilgarigi saylovlarda 20-23 nafar kuzatuvchi kelgan. Endilikda, ular 300 nafar vakilini O‘zbekistonga safarbar qilgan. Shundan 250 nafari qisqa muddatli, 30-35 nafari uzoq muddatli kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lishadi. Uzoq muddatli kuzatuvchilar allaqachon, respublikaning barcha hududlarida ishlamoqda", — deb qayd etgan O‘zbekiston MSK rahbari. 

"Umuman, kuzatuvchilar geografiyasi juda keng… AQShdan 20 nafar, qolganlari Yevropa mamlakatlaridan kelmoqda", — deb qo‘shimcha qilgan. "Bugungi kunda saylovlarimizga qiziqish katta. Dunyoning 50ga yaqin davlati o‘z kuzatuvchilarini yubormoqda. Ularning umumiy soni 600dan oshadi. Hozirda, respublikada 50ga yaqini ishlamoqda", — deya qo‘shimcha qilgan Abdusalomov.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid