Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Kuba bilan tuzilgan kelishuvlarni bekor qilish bilan tahdid qildi
AQSh prezidenti etib saylangan Donald Tramp agar Kuba hukumati yaxshiroq shartlarni taklif qilmasa, Barak Obama ma'muriyati vaqtida AQSh va Kuba o‘rtasida tuzilgan kelishuvlarni bekor qilish bilan tahdid qildi. Tramp bu haqda tvitterda yozdi.
"Agar Kuba kubaliklar, amerikalik kubaliklar va umuman AQSh uchun nafliroq bitimni tuzishni istamasa, men bu bitimga chek qo‘yaman", deb yozgan Tramp.
Avvalroq AQSh Kuba romi va sigarasining AQShga olib kirilishiga cheklovni bekor qilgandi. Ta'kidlanishicha, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar Barak Obama va Kuba davlat kengashi raisi Raul Kastro 2014 yilda munosabatlarning tiklanishini e'lon qilishgandan keyin izga tushayotgani ma'lum qilingandi.
Tramp joriy yil mart oyida saylovoldi kampaniyasi davomida agar g‘olib bo‘lsa, Kuba bilan munosabatlarni normallashtirishni davom ettirishga va'da bergan.
Mavzuga oid
08:34
Eron bo‘yicha keskin burilish: AQSh zarbalarni bekor qildi
22:12 / 11.06.2026
AQSh Ukraina va Erondagi urushlar tufayli dunyodagi eng yirik neft eksportchisiga aylandi
21:17 / 11.06.2026
Tramp Eron neft va gaz bozorlarini «to‘liq Amerika nazorati ostiga» olishga va’da berdi
20:29 / 11.06.2026