Jamiyat | 19:11 / 28.11.2016
3185
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada 62 isyonchi umrbod ozodlikdan mahrum etilishi mumkin

Foto: © AFP

Istanbul prokuraturasi 16 iyulga o‘tar kechasi ro‘y bergan to‘ntarishga urinishda qatnashgan harbiy xizmatchilarga ilk ayblov xulosasini taqdim etdi. Ular umrbod ozodlikdan mahrum etilishi mumkin, deb xabar qilmoqda NTV telekanali.

Hujjatda 62 harbiy xizmatchi, jumladan 28 nafar zobit haqida so‘z yuritilgan bo‘lib, ular o‘sha kecha Istanbuldagi Sabih Gekchen aeroportini egallashmoqchi bo‘lgan. Prokuratura ularga uch martalik umrbod qamoq jazosini so‘ramoqda. 

Ma'lumot uchun, Turkiyada isyonchilar guruhi tomonidan amalga oshirilgan harbiy to‘ntarishga urinish tufayli 240 dan ziyod turk fuqarosi halok bo‘lib, 2 mingdan ortiq kishi jarohat olgan. Turkiya hukumati muxolifat vakili, islom dini targ‘ibotchisi Fathulloh Gyulenni to‘ntarishga aloqadorlikda aybladi va AQShdan uning ekstraditsiyasini talab qildi.
 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid