Fidel Kastroning kuli Kuba Qurolli kuchlari vazirligi binosiga joylandi
Kuba inqilobi yetakchisi Fidel Kastroning kuli Respublika Inqilobiy Qurolli kuchlari vazirligining "Granma" zaliga qo‘yildi. Kuba televideniyesining 28 noyabr kuni ma'lum qilishicha, u yerda respublika oliy rahbariyati va Kuba kommunistik partiyasi mulozimlari Kuba Inqilobining tarixiy yetakchisi bilan vidolashgan.
Kastroning kuli bilan vidolashuv marosimini uning ukasi va davlat rahbari Raul Kastro boshqargan. Uning ishtirokchilari 2000 yil 1 may kuni Fidel Kastro tomonidan e'lon qilingan Inqilob g‘oyalariga sodiq qolish bo‘yicha qasamyodni imzolashdi.
Kubada Fidel Kastro bilan umumxalq vidolashuvi davom etmoqda. Shu munosabat bilan Gavana va Santyago-de-Kuba shaharlarida zambaraklardan salyut otilgan. Hukumat qaroriga ko‘ra, 29 noyabr-3 dekabr kunlari ertalabki soat 9:00 dan kechki 18:00 gacha har soatda zambaraklardan salyut otiladi. Marosim tashkillashtirilgan holda, tinch-xotirjam vaziyatda bo‘lib o‘tmoqda. Qandaydir xavfsizlik choralari ko‘rilmagan.
Fidel Kastro dafn marosimiga kamida 25 davlat rahbarlari kelishi haqida Kuba tashqi ishlar vazirligi ma'lum qildi.
30 noyabrdan boshlab inqilob yetakchisining kuli Gavanadan Santyago-de-Kuba tomon 4 kunlik yo‘lga chiqadi. U mamlakatning 15ta viloyatining 13tasidan olib o‘tiladi. 3 dekabr kuni Santyago-de-Kuba shahrining Antonio Maseo maydonida ommaviy miting tashkil etiladi. Dafn qilish marosimi 4 dekabr kuni ertalab soat 7:00da avliyo Ifigeniya qabristonida bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
14:18 / 11.11.2024
Kubada blekaut sababli norozilik namoyishiga chiqqanlarga qarshi ish ochildi
09:00 / 24.10.2024
Kubadagi 70 foiz aholi punktida elektr ta’minoti tiklandi
12:50 / 21.10.2024
Kubada millionlab aholi IESdagi avariya tufayli elektrsiz qolmoqda
08:50 / 21.10.2024