Jamiyat | 12:24 / 29.11.2016
6811
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada bitta o‘g‘ri 40 million rubllik baliq ikrasini o‘marib ketdi

Foto: © RIA Novosti

Moskva sharqidagi ombordan qiymati 40 million rubl bo‘lgan qizil ikra o‘marib ketildi, deb xabar qilmoqda «Interfaks» Moskva IIB matbuot xizmatiga asosan. Bu holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Perovo tumanida joylashgan omborda sodir bo‘lgan o‘g‘irlik haqidagi xabar politsiyaga 28 noyabr kuni berilgan. Voqea joyiga yetib kelgan huquq-tartibot idorasi xodimlari o‘g‘ri (ta'kidlanishicha – bir kishi bu ishni amalga oshirgan) binoga devordagi arralangan teshik orqali kirib,  umumiy qiymati 39,6 million rubl bo‘lgan losos va keta ikrasi bo‘lgan plastik paketlarni o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan.

Internet-do‘konlar ma'lumotiga ko‘ra, bunday mahsulotning bir kilogrami o‘rtacha 2,5-3 ming rubl turadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid