Jamiyat | 11:28 / 29.11.2016
8648
1 daqiqa o‘qiladi
Janubiy Koreya prezidenti iste'foga chiqishga tayyor ekanligini ma'lum qildi
Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe iste'foga chiqishga tayyor ekanligini ma'lum qildi. Bu haqida Associated Press nashri xabar berdi.
U mamlakat fuqarolari oldida korruptsion mojaro uchun uzr so‘radi va o‘z lavozimini muddatidan avval tark etishga tayyor ekanligini bildirdi.
Pak Kin Xening reytingi korruptsion mojaro fonida rekord darajada pasayib, 4 foizni tashkil qildi.
Oktyabr oyida Janubiy Koreya prokuraturasi mamlakat prezidentining dugonasi Tsoy Sun Silga nisbatan rasmiy ayblov e'lon qilgandi. U korruptsion mojarolarda ayblanmoqda va davlat ishlariga aralashganlikda gumon qilinmoqda.
Mavzuga oid
17:21 / 14.09.2024
O‘zbekistonlik harbiylar Janubiy Koreyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi
19:06 / 04.09.2024
Telegram Janubiy Koreya rasmiylari talabini bajardi va uzr so‘radi
15:18 / 02.09.2024
Janubiy Koreya Telegram’ga nisbatan tergov boshladi
00:03 / 30.08.2024