Jamiyat | 15:41 / 30.11.2016
8057
1 daqiqa o‘qiladi

113-kimyoviy elementga nom berildi

Foto: © AP

Xalqaro nazariy va amaliy kimyo ittifoqi Mendeleyev jadvalining 113-kimyoviy elementiga “nixoniy” nomini berdi. Bu haqda Yaponiyaning “Riken” tabiiy fanlar instituti xabarida aytiladi. Avvalroq, ushbu ilmiy markaz mutaxassislari bu elementni ochishgandi.

Kosuke Morita rahbarligidagi olimlar guruhi yangi o‘ta og‘ir elementni topish bo‘yicha ishlarni 2003 yilda boshlashgandi. Ilk bora esa 113 raqamli element 2004 yilda omadli sintezdan o‘tkazildi.

Olimlar ixtirosi 2015 yilning 31 dekabr kuni rasman tasdiqlandi.
 

Mavzuga oid