Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Imomali Rahmon rasmiy javob tashrifi bilan Chexiyaga yo‘l oladi
Hozircha Budapeshtda bo‘lgan Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon ertaga rasmiy tashrif bilan Chexiyaga boradi. Bu Chexiya Respublikasi prezidentining taklifi bilan amalga oshirilgan javob tashrifi bo‘ladi. Asia-Plus nashri shu haqida ma'lum qildi.
Tashrif davomida Imomali Rahmon va Chexiya prezidenti Milosh Zeman o‘rtasida bir qator ikki tomonlama bitimlarning imzolanishi kutilmoqda.
2014 yilning noyabrida Chexiya prezidenti Milosh Zeman rasmiy tashrif bilan Dushanbeda bo‘lgan. O‘shanda tashrif yakunlari bo‘yicha qo‘shma deklaratsiya imzolangan. Shuningdek Tojikiston va Chexiya tashqi siyosiy idoralari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida Protokol, ikki mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirliklarining hamkorligiga doir Kelishuv ham imzolangan.
Shundan keyin Milosh Zeman Imomali Rahmonni rasmiy javob tashrifi bilan Chexiyaga borishga taklif qilgan.
Mavzuga oid
09:38 / 12.06.2026
JCh-26. Koreyslar kambek amalga oshirdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
09:14 / 27.05.2026
Chexiyalik fuqaro Eurojackpot lotereyasida 120 mln yevro yutdi
22:01 / 26.05.2026