Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Facebook o‘z messenjeri ichida o‘yin o‘ynash funksiyasini yo‘lga qo‘ydi
Facebook endilikda o‘zining Messenger mobil ilovasi hamda veb-versiyaning muloqot bo‘limi ichida o‘yin o‘ynash funksiyasini ishga tushirdi. Bu haqida TechCrunch nashri xabar berdi.
2D-ko‘lamdagi Pacman, Arkanoid va Space Invaders kabi ko‘plab o‘yinlarni xabarlar menyusi ichidagi geympad sohasini bosish orqali o‘ynash mumkin bo‘ladi. Foydalanuvchiga o‘yinlar nomi yozilgan ro‘yxat taqdim etiladi, ulardan birini tanlab, suhbatdosh bilan birga o‘ynaladi.
Loyiha Instant Games nomini oldi. Uning asosida HTML5 yotadi. Shunday ekan, xohlagan o‘yiningizni o‘ynab, yutuqlaringizni Facebook lentasida do‘stlaringiz bilan bo‘lishishingiz mumkin.
Mavzuga oid
11:21 / 25.10.2025
Yevrokomissiya TikTok, Facebook va Instagram’da qonunbuzarliklarni aniqladi
22:04 / 07.10.2025
O‘zbekistonda Meta vakolatxonasi ochilishi mumkin
22:19 / 05.09.2025
AQShda Mark Tsukerberg bilan Mark Tsukerberg sudlashadi
08:40 / 26.03.2025