Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Tramp bilan telefon muloqoti tafsilotlarini aytib o‘tdi
Foto: © RIA Novosti
Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQShning yangi saylangan prezidenti Donal Tramp bilan yaqindagina telefon orqali muloqot qilgani tafsilotlari haqida gapirdi.
RIA «Novosti» agentligi xabarida keltirilishicha, Rossiya va Amerika munosabatlarining hozirgi holati qoniqarli emasligi bo‘yicha ularning fikri bir joydan chiqqan.
«Bir muddat oldin janob Donald Tramp bilan telefon orqali gaplashganimizda Rossiya-Amerika munosabatlarining hozirgi holati qoniqarli emasligi to‘g‘risida umumiy fikrda ekanimiz ayon bo‘ldi. Biz bu vaziyatni to‘g‘rilash zarurligi haqida so‘zlashdik. Men avval ham aytganimdek, bizning davlatimiz bu borada qadam tashlashga tayyor», — degan Putin.
Putin AQShdagi prezident saylovlarida Trampning g‘alaba qozongani ikki tomonlama munosabatlar yaxshilanishiga umid tug‘dirganini aytib o‘tgan.
«Hozir, AQShda va Oq uyda saylovoldi kampaniyasi davridagi shovqinlar bosilganidan keyin qo‘shma shtatlarga yangi prezident keladi. Men ishonishni istardimki, buning ortidan munosabatlarni yaxshilash imkoni paydo bo‘ladi. Bu nafaqat ikki mamlakat xalqi uchun, balki xalqaro maydondagi barqarorlik va tinchlik ta'minlanishi uchun ham muhimdir», — degan Rossiya rahbari.
Mavzuga oid
15:09 / 22.11.2025
FT: AQSh Ukrainadan Tramp rejasini qabul qilishni qat’iy talab qildi
12:57 / 18.10.2025
Trampning sobiq maslahatchisi Jon Bolton sudda aybini tan olmadi
10:21 / 05.09.2025
Tramp Putin bilan bo‘lajak suhbati haqida ma’lum qildi
11:50 / 30.08.2025