Jahon | 12:40 / 30.11.2016
3717
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp AQShdagi ish o‘rinlarini saqlab qolishga va'da berdi

AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp amerikaning United Technologies korporatsiyasi bilan  mingta ish o‘rinini saqlab qolish haqidagi kelishuvga erishdi. Bu Indiana shtatidagi zavodda yuz beradi, deb xabar qilmoqda CNBC.

Ma'lum bo‘lishicha, gap United Technologies’ning iqlim tizimlari va konditsionerlar yaratish bilan shug‘ullanuvchi bo‘linmasi — Carrier haqida bormoqda.

Xabarlarga ko‘ra, avval bo‘linma vakillari uch yil ichida Indianadagi 1,4 ming ish o‘rnini Meksikaga ko‘chirish haqida ma'lum qilgandi. Tramp esa bunday tashabbusga qarshi chiqib, bu masalani hal etishga va'da berdi.

«Payshanba kuni Indianaga jo‘nab ketaman. U yerda Carrier kompaniyasi Indianapolisda qolishini e'lon qilmoqchiman. Biz AQShdagi o‘z kompaniyalarimiz va ish o‘rinlarini saqlab qolamiz», — deya yozdi prezident o‘z tvitterida.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid