Jamiyat | 13:13 / 01.12.2016
5297
1 daqiqa o‘qiladi

Gruzin yozuvlarining uch turi ham YuNeSKO madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi

Foto: © TASS

Gruzin yozuvlarining uch turi - mrgvlovani, nusxuri va  zamonaviy mxedruli - YuNeSKO madaniy merosining nomoddiy ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqida 1 dekabr, payshanba kuni Gruziya TIVga asoslanib, TASS xabar berdi. 

Efiopiya  poytaxti Addis-Abebada bo‘lib o‘tayotgan YuNeSKOning nomoddiy madaniy merosi muhofazasi  bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitaning 11-sessiyasida gruzin alifbosining uch turini ham tirik madaniy meroslar qatoriga qo‘shishga qaror qilindi. 

TIV ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu sessiyada YuNeSKO qo‘mitasi "Gruziya tomonidan taqdim etilgan nominatsiyani qo‘llab-quvvatladi" va u "YuNeSKO nomoddiy madaniy merosining barcha shartlariga to‘liq javob  berishini" tasdiqladi. 

Gruziya prezidenti Georgiy Margvelashvili mamlakatni "gruzin alifbosinining xalqaro miqyosda tan olinishi bilan" qutladi. 
 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid