Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Igor Shkvirin «Olmaliq» bosh murabbiyligidan ketmagani ma'lum bo‘ldi
Toshkent viloyatining «Olmaliq» klubi bosh murabbiy Igor Shkvirin jamoani tark etmagan. Bu haqda jamoada bosh direktor vazifasini bajarayotgan Ibragim Yuldashev ma'lumot berdi.
«Klubida ayni damda bosh direktor o‘zgardi. Igor Shkvirin jamoa bosh murabbiyligidan ketgani yo‘q. Biror o‘zgarish bo‘lsa klub rahbariyati bu borada rasmiy ma'lumot beradi» - deya Yuldashevdan iqtibos keltiradi «Olmaliq» matbuot xizmati.
Ibragim Haydarov yaqinda, 2008 yildan buyon jamoa bosh direktori bo‘lib ishlayotgan Valeriy Nikolayevich Bikov nafaqaga chiqishi munosabati bilan uning o‘rniga vaqtincha bosh direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Igor Shkvirin «Paxtakor»da ish boshlashi mumkinligi, «Olmaliq» klubiga esa Viktor Kumikov bosh murabbiy qilib tayinlanishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Mavzuga oid
12:11 / 18.09.2025
Olmaliq davlat texnika instituti tashkil etiladi
22:09 / 23.04.2025
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi
21:24 / 19.02.2025
Toshkent viloyatidagi qamoqxonalarda saqlanayotgan 2 nafar mahkum vafot etdi
17:28 / 18.02.2025