Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi Toshkentga yetib keldi
Foto: UzDaily
MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi Sergey Lebedev bugun O‘zbekistonga yetib keldi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
U MDHning O‘zbekiston Prezidenti saylovini kuzatish bo‘yicha missiyasiga boshchilik qilmoqda.
MDH kuzatuvchilari missiyasi O‘zbekistonda 18 noyabr kuni ish boshlagandi.
Markaziy Saylov komissiyasi taklifi bilan O‘zbekistonga tashrif buyurgan MDH missiyasi tarkibiga 10 nafar uzoq muddatli va 60 nafarga yaqin qisqa muddatli kuzatuvchilar kirgan.
Uzoq muddatli kuzatuvchilar shu paytgacha mintaqalardagi 100dan ortiq saylov uchastkalarida bo‘ldi. Bundan tashqari, komissiya a'zolari shu kunlarda o‘tayotgan muddatdan ilgari ovoz berish jarayonini kuzatib bormoqda.
Mavzuga oid
18:37 / 17.11.2024
Hududlardan saylangan senatorlar e’lon qilindi
15:54 / 19.08.2024
“Aralash tizim partiyalarni faollashtirishidan umidvormiz” - MSK vakili
15:47 / 26.03.2024
Gurjistonda hukmron partiya MSK ustidan nazoratni qo‘lga kiritdi
13:17 / 20.06.2023