20 iyun kuni Markaziy saylov komissiyasining majlisida saylovçilarning muddatidan oldin ovoz berişini taşkil etiş, prezident saylovini ötkaziş davrida jamoat tartibini saqlaş va jamoat xavfsizligini ta’minlaş, saylovga tayyorgarlik köriş davrida Markaziy saylov komissiyasiga kelib tuşgan murojaatlar hamda prezident saylovida xalqaro taşkilotlardan qatnaşadigan kuzatuvçilar va OAV vakillarini akkreditatsiya qilişga doir masalalar körib çiqildi.

Gazeta.uz xabariga köra, majlisda Saylov kodeksiga binoan muddatidan ilgari Özbekiston prezidenti saylovi kuni öz yaşaş joyida böliş imkoniyatiga ega bölmagan saylovçilar uçun saylov uçastkalarida muddatidan oldin ovoz beriş ötkazilişi yuzasidan qaror qabul qilindi.

Unga köra, muddatidan oldin ovoz beriş 2023 yil 28 iyun kuni boşlanib 2023 yil 5 iyul kuni yakunlanişi belgilandi va saylov uçastkasida muddatidan oldin ovoz beriş vaqti iş kunlari soat 9:00 dan soat 18:00 ga qadar, dam oliş va bayram kunlari soat 11:00 dan soat 17:00 ga qadar davom etişi qayd etib ötildi.

Muddatidan ilgari Özbekiston prezidenti saylovida xorijiy davlatlar va xalqaro taşkilotdan qatnaşadigan kuzatuvçilarni akkreditatsiya qiliş töğrisidagi MSKning qarori bilan 39 nafar kuzatuvçi akkreditatsiyadan ötkazildi.