Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ostonada o‘zbek-qozoq savdo uyi ochildi
«O‘zagroeksport» AJ Qozog‘iston Respublikasidagi sheriklari bilan hamkorlikda Ostonada «Tsentralno-Aziatskiy Torgovyy dom» mas'uliyati cheklangan shirkatini ochdi.
Savdo uyi «Continental Logistics» kompaniyasi tomonidan qurilgan Qozog‘iston Respublikasidagi eng yirik transport-logistika markazi binosida joylashgan.
«O‘zagroeksport» AJ yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini xorijlik sheriklarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri eksport aloqalari orqali yetkazib beradi.
Savdo uyi yangi uskunalar bilan jihozlangan “A” turidagi omborxona majmualarini taklif etadi. U yerda turli xildagi yuklar logistikasini ta'minlash imkonini beruvchi yuqori richtraklar, stellajli konstruksiyalar, avtomatik doklar o‘rnatilgan.

Muassislarning xabar berishicha, «Tsentralno-Aziatskiy Torgovyy dom» mas'uliyati cheklangan shirkati ko‘tara va chakana savdo faoliyati bo‘yicha o‘z xizmatlarini taklif qilib, oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish va realizatsiya qilish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, Qozog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasidagi manfaatdor kompaniya va savdo tarmoqlariga shartnoma va kelishuvlarga erishishda yordam ko‘rsatiladi.
Ma'lumot uchun, “O‘zagroeksport” aksiyadorlik jamiyati yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha tashqi savdo kompaniyasi sanaladi. U “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi tarkibiga kirib, tizimiga savdo-logistik markazlar, savdo-xarid qilish bazalari va yangi meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, kalibrlash hamda saralashga mo‘ljallangan muzlatish joylari kiradi.





Mavzuga oid
08:25 / 22.06.2026
Saida Mirziyoyeva «Ostona» xalqaro moliya markazi faoliyati bilan tanishdi
18:47 / 18.06.2026
Qozog‘iston Markaziy Osiyoda eng ko‘p ichadigan davlat bo‘lib chiqdi - tadqiqot
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
20:00 / 09.06.2026