Jahon | 11:04 / 01.12.2016
4724
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya va Qozog‘iston Boyqo‘ng‘irdagi hamkorlikni kuchaytiradi

Rossiya va Qozog‘iston infratuzilmalar va mutaxassislar bo‘yicha fazoviy salohiyatni kuchaytirish imkoniyatlarini muhokama qilmoqda. Tomonlar yangi uchirish majmualari, Boyqo‘ng‘irdagi qo‘shma loyihalar haqida so‘z yuritmoqda. Qozog‘iston TIV rahbari Yerlan Idrisov "Kommersant'" gazetasiga bergan intervyusida shular haqida so‘z yuritgan.

"Qozog‘iston va Rossiya rahbarlari mamlakatlarimizning Boyqo‘ng‘irda hamkorlikni davom ettirishiga o‘ziga xos ahamiyat beradi. U ulkan kompleks bo‘lib, u yerda nafaqat texnik, balki ijtimoiy-madaniy, xo‘jalik va iqtisodiy masalalar o‘z aksini topgan", — deya Idrisov so‘zlarini keltiradi gazeta. 

"Rossiya Qozog‘iston kosmik salohiyatini mustahkamlashga yordam berishdan bosh tortayotgani yo‘q.  Bundan tashqari biz, o‘zaro hamkorlik shakllarini topishga harakat qilayapmiz. Gap yangi uchirish majmualari, qo‘shma loyihalar, tijoriy asosda uchinchi mamlakatlar bilan hamkorlik qilish haqida bormoqda", — deb qayd etgan Idrisov.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid