Saylov yuksak saviyada o‘tishiga ishonamiz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish uchun mamlakatimizga xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar vakillari kelmoqda.
O‘zA muxbiri saylov jarayonini yoritish uchun kelgan xorijlik jurnalistlarning fikrlari bilan qiziqdi.
Robert Fransev, Rossiya-1 va Rossiya-24 telekanallari jurnalisti:
– Kasbim taqozosi bilan O‘zbekiston jurnalistlarining faoliyatini kuzatib boraman. Mamlakatingiz fuqarolari saylov qonunchiligidan, Prezidentlikka nomzodlar haqidagi ma'lumotlardan yaxshi xabardor. Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining demokratik, ochiqlik hamda oshkoralik tamoyillariga muvofiq o‘tishi va saylovchilarning o‘zlariga munosib nomzodni tanlashlariga keng imkoniyat yaratadi.
Abu Shixada Mayn, O‘mon Sultonligining O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot bo‘limi xodimi:
– O‘zbekiston saylov qonunchiligi va tizimi yildan-yilga takomillashib bormoqda. Saylov kampaniyasining ilg‘or jihatlaridan biri Prezidentlikka nomzodlar uchun saylovoldi tashviqotini olib borishda teng imkoniyatlar yaratilganidir. Buni ommaviy axborot vositalaridagi tashviqot materiallari, ko‘chalarga o‘rnatilgan bannerlar misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin. Birinchi marta ovoz beradigan fuqarolarga alohida e'tibor qaratilishi ham diqqatga sazovor. Yoshlarni mamlakat siyosiy hayotiga jalb qilish barqarorlikni mustahkamlashning muhim omillaridan biridir. O‘zbekistondagi Prezident saylovi adolatli, ochiq va demokratik ruhda o‘tishiga ishonamiz.
Leyla Orujova, Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchixonasi maslahatchisi:
– O‘zbekiston saylov qonunchiligiga ko‘ra Markaziy saylov komissiyasiga saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha mutlaq vakolatlar berilgan. Bunday maqom saylovni tashkil etish va o‘tkazish jarayonida qonuniylikni ta'minlash, saylovchilarning o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi. Saylov to‘g‘risidagi qonunlarda xalqaro tajriba va mamlakatingiz amaliyoti hisobga olingan holda, saylov jarayonining barcha bosqichlarida siyosiy partiyalardan kuzatuvchilar, OAV vakillari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar ishtirok etishi mustahkamlangani yuksak e'tiborga loyiq.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
MDH davlatlarida mashhur bloger EVOS brendi faoliyati haqida ko‘rsatuv tayyorladi
O‘zbekiston | 19:00
-
Rossiyada geroindan 5 ming barobar kuchliroq bo‘lgan yangi Xitoy giyohvand vositasi tarqaldi
Jahon | 18:48
-
Namanganda YPX mashinasi bilan to‘qnashgan Cobalt haydovchisi qariyb 2 oydan beri komada yotgani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston | 18:20
-
Ilon Maskda muammolar: uning biznesi zarar ko‘rmoqda, Tramp bilan esa ilk kelishmovchilik chiqqan
Jahon | 18:10
Mavzuga oid

10:38 / 24.02.2025
Germaniyada parlament saylovlari. Konservativlar birinchi o‘rinni egalladi

15:47 / 18.10.2021
MSK 3 kun davomida qancha saylovchi muddatdan avval ovoz berganini ma'lum qildi

12:39 / 18.10.2021
O‘zbekiston prezidentligiga nomzodlarning ishonchli vakillari o‘rtasida teledebat o‘tkaziladi

11:31 / 18.10.2021