Jahon | 19:52 / 01.12.2016
6698
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp AQSh fuqarolarini xavfsizlikka tahdidlardan shaxsan o‘zi ogohlantiradi

© AP Photo

AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp mamlakat fuqarolarini mobil telefonda SMS-xabarlar yuborib, turli xavflardan ogohlantirib boradi. Bu haqda Washington Examiner xabar bergan.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, Tramp inauguratsiya marosimidan keyinoq xavfsizlikka tahdid yoki 300 million kishining hayoti xavf ostida ekani yozilgan xabarlar jo‘natadi. Bunday SMS-xabar barcha telefonlarga yetib boradi.

Nashrning qayd etishicha, saylangan prezidentning ogohlantiruvi u o‘z tvitterida yozadigan gaplar kabi bo‘lmaydi.

Barcha SMS-xabarlar AQSh favqulodda vaziyatlar bo‘yicha Federal ma'muriyatining jamoatchilikni ogohlantirish tizimida tekshiruvdan o‘tadi.

AQShning Tramp boshchiligidagi yangi ma'muriyati 2017 yilning 20 yanvaridagi inauguratsiya marosimidan keyin ishga kirishadi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid