Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya aholisining necha foizi prezident impichmentini ma'qullashi aniqlandi
Foto: AP
Janubiy Koreya respublikasi aholisining 75 foizdan ortig‘i mamlakat prezidenti Pak Kin Xega impichment e'lon qilish g‘oyasini ma'qullamoqda. Prezidentning rasmiy muddatidan avvalroq iste'foga chiqishi xususida bayonot berganiga qaramay, shunday kayfiyat saqlanib qolmoqda.
Yonxap agentligi Real Meter kompaniyasi o‘tkazgan ijtimoiy so‘rov natijalariga asoslangan holda shu haqda xabar qilmoqda. So‘ralganlarning 17 foizidan ko‘prog‘i prezidentga nisbatan impichmentga qarshi.
Avvalroq, hukmron Senuri partiyasining amaldagi prezidentga qarshi chiqayotgan a'zolari, mamlakatda vujudga kelgan vaziyatning yagona yechimi davlat rahbarining 2017 yil aprelida muddatidan avval iste'fo berishi, shundan so‘ng, iyun oyida navbatdan tashqari saylovlar o‘tkazish ekanini takidlashgandi. Ularning fikricha, muammoni hal etishning bunday "yo‘l xaritasi" hokimiyat topshiruvini ta'minlash hamda saylovlarga tayyorlanishda tomonlarga yetarli vaqt taqdim etadi.
Turli partiyalar vakillari bilan favqulodda maslahatlashuvlar o‘tkazishni prezident Pak Kin Xe ma'muriyati ham ilgari surmoqda. Unga ko‘ra, turli partiyalar amaldagi prezident iste'fosining muddati va jarayoniga oydinlik kirituvchi yagona to‘xtamga kelish lozim. Muxolifat tomoni esa impichment e'lon qilish fikrini himoya qilmoqda.
Koreya prezidenti Pak Kin Xe atrofidagi siyosiy mojaroga uning dugonasi Tsoy Sun Sil bilan bog‘liq xabarlar e'lon qilingach, avj oldi. Prezidentning qohin dugonasi, davlat lavozimini rasman egallamaganiga qaramay, davlat rahbari ma'ruzalarini tekshirgan va ularga tuzatishlar kiritgan. Bundan tashqari, Tsoy Sun Sil turli koporatsiyalar tomonidan yig‘ilgan 70 mln dollarga yaqin mablag‘ni o‘zlashtirganlikda gumon qilinmoqda.
Mavzuga oid
21:21 / 26.12.2025
Seul va Vashingtonga javob: Kimning «orzu ro‘yxati»dagi yana bir qurol deyarli tayyor
18:16 / 26.12.2025
Janubiy Koreyaning sobiq prezidentiga 10 yillik qamoq jazosi so‘raldi
09:03 / 15.12.2025
Prokuror: Janubiy Koreya sobiq prezidenti KXDRni tajovuzga undamoqchi bo‘lgan
18:07 / 10.12.2025