Jahon | 07:56 / 02.12.2016
6806
1 daqiqa o‘qiladi

Donald Tramp o‘z ma'muriyatining mudofaa vazirini tayinladi

Foto: globallookpress.com/Aude Guerrucci

AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp dengiz piyoda qo‘shinlari korpusining iste'fodagi generali Jyeyms Mettisni Pentagon rahbari lavozimiga tayinlash istagini shaxsan ma'lum qildi. U bu haqda o‘zining Tsintsinnatidagi tarafdorlari bilan birinchi uchrashuvida ma'lum qildi, deb xabar qilmoqda CBS News telekanali.

«Biz «Quturgan it» Mettisni mudofaa vaziri lavozimiga tayinlamoqchimiz», — degan Tramp.

U shuningdek, «Quturgan it»ni «buyuk generallardan biri» sifatida tavsiflagan. AQShning bo‘lajak yangi rahbari qayd etishicha, u oxirigacha hayajonni saqlab qolishni xohlaydi. Shu boisdan, Mettisni mudofaa vaziri lavozimiga tayinlash rasman 5 dekabrda e'lon qilinadi. 


 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid