Jahon | 18:30 / 02.12.2016
6006
2 daqiqa o‘qiladi

Eron AQShni yadro bitimi bandlarini buzishda aybladi

Foto:newsweekme.com

Eron TIVning bayonot berishicha, AQShning Tehronga nisbatan sanksiyalarni uzaytirishga qaror qilishi Eron yadro dasturi bo‘yicha kelishuvni buzadi, deb xabar qilmoqda Reyter agentligi.

"AQSh Kongressi tomonidan jazo choralarini uzaytirish kelishuv bandlarini buzish hisoblanadi. Biz bu haqda bitim ijrosini kuzatuvchi Eron qo‘mitasiga ma'lum qilamiz", — degan Eron TIV rasimy vakili Bahrom Qosimiy. 

AQSh Senati 1 dekabrda o‘tkazgan majlisida Eronga nisbatan sanksiyalarni yana 10 yilga uzaytirish bo‘yicha qonun loyihasini qabul qildi. Senatorlarning aksariyati hujjatni ma'qullagan. 

Bundan avvalroq, Kongress Vakillar palatasi sanksiyalarni uzaytirishni qariyb bir ovozdan ma'qullagan edi. Bu prezident Barak Obamaning 1979 yilda Eronga nisbatan joriy qilingan sanksiyasini yana bir yilga uzaytirish qarorining uzviy davomi bo‘ldi, deyish mumkin. 

Ammo, kongressmenlar cheklov choralarining uzoqroq muddatini yoqlashdi. Endi hujjat, Obamaga yuboriladi va u 20 yanvargacha bo‘lgan muddatda qonunni imzolaydi. 

 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid