Jamiyat | 10:31 / 02.12.2016
5231
1 daqiqa o‘qiladi

KXDR Janubiy Koreya bilan chegarada keng qamrovli artilleriya mashqlarini boshladi

Foto: Vesti.ru

KXDR Janubiy Koreya bilan chegarada keng qamrovli artilleriya mashqlarini boshladi. Bu haqda «Interfaks» Shimoliy Koreya Markaziy telegraf agentligiga asosan xabar bergan.

«Urush boshlangudek bo‘lsa, Janubiy Koreya kuchlariga shunday kuchli zarba beriladiki, bu ularga hattoki javob harakatini amalga oshirishga ham imkon bermaydi. Ular Yerdan butkul yo‘q qilib yuboriladi»,  - deya aytiladi KXDR rahbari Kim Chen Inning xabarida. Qo‘shimcha qilinishicha, «hech kim va hech narsa omon qolmaydi».

Avvalroq, BMT Xavfsizlik kengashi Shimoliya Koreyaga nisbatan yangi sanksiyalar kiritgani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid