O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi joriy yilning dekabr oyida “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan maxsus maktab internatlarida paralimpiya sportini yanada rivojlantirish maqsadida sport musobaqalari tashkillashtirmoqda.
Shular jumlasidan 1 dekabr kuni Toshkent shahridagi 102-maxsus maktab internatida voleybol, stol tennisi va shaxmat sport turlari bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada 100dan ortiq bolalar ishtirok etdi.
Tadbir so‘ngida Assotsiatsiya tomonidan barcha ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.