“Qanot beradigan mehnat” – Toşkentda tuzilgan inklyuziv ustaxonadan reportaj
|20:48 / 01.03.20263 32216 min
Toşkentda özgaça bolalarni birlaştirgan “Tabassum” markazi bor. Bu yerda bolalar sopol buyumlar yasaşadi, qadam-baqadam jamiyatga foyda keltiriş malakasini, faol hayot ilmini egallaşadi.
– Bu markaz qanday taşkil qilindi?
– Bu markazning öz missiyasi bor. Öğlim maxsus maktabni bitiradigan yillari menda ona sifatida savol bölgan: bu yoğiga nima böladi, bu yoğiga qayerga boramiz? Qayerda öqiymiz, qayerda işlaymiz, kelajagi qanday bölarkin deb öylar edim. Nogironlik sohasida 20 yildan beri işlab kelaman va farzandim Rustam tuğilgandan keyin, izlanişni boşladim. Bu farzandimni qanday qilsam, oyoqqa qöya olaman? Nima qilsam jamiyatning tölaqonli a’zosi böladi? Köp izlanişlar olib bordim va özimga öxşagan ota-onalarni qidirişni boşladim. Mutaxassislarni ham izladim.
Şahnoza Ikromova, markaz direktori
Endi u paytda mutaxassislardan “Bolangiz katta natijalarga erişa olmaydi, uyda ötiradi, ismini aytib çaqirsangiz ham sizni tanimasligi mumkin, oilaning böynidagi bir yuk”, degan gaplarni ham eşitganman.
2012 yilda bolalar markazini oçganman va şu bolalar markazi qoşida juda ham köp ota-onalarni birlaştirganmiz. Qaysi davlatga borsam, öşa yerda qidirib topib, körib, örganib kelişga harakat qildim. Misol uçun, Yaponiyada özimiznikiga öxşagan ustaxonaga borganman. Juda ham qiziqarli tajribalari bor ekan. Qariyalar va aqliy nogironligi bölgan bolalar bilan birgalikda çiroyli narsalar işlab çiqişayotgan ekan. Bundan taşqari, Belgiyaga borganimda, premium restoranda işlaşayotganini körganman. Turkiyada “Tabassum” degan kafega borganimda ularning işlaşi, öşa yerda odamlar bilan muloqoti menga juda ham yoqqan. Şunda özimga Özbekistonda ham “Tabassum” bölişi kerak ekan, deb aytganman.
Öquv maşğulotlarimizning bir qismi art-terapiya bölgan. Aynan kulolçilik, şam-sovunlar yasaşni art-terapiya darsi sifatida kiritganmiz. Bunda juda ham katta hissa qöşadigan odamlar bu – jamoamiz. Bizning komandamiz, ustalarimiz, koordinatorimiz.
Asosiy maqsadimiz, bolalarimiz işlab çiqqan qöl mehnatini açiniş yoki nogironligi bölgan bolalar yasagani uçun emas, aynan bozorda öziga yaraşa raqobatbardoş, sifatli bölişiga intilib, şu narsani xalqqa yetkaziş va eng katta maqsadimiz, bu bolalar işlab, mehnat qilib, jamiyatga foyda keltirişi yoki öz oilasiga foyda keltirişi mumkinligi stereotipini şakllantiriş va şu narsani tarğib qiliş.
Mavzuga oid
Hamma bolalarimiz maktabni bitirgan. Masalan, özimning öğlim kollejni ham bitirgan. Lekin öşa maktabdan keyingi yöl biz uçun mavhum edi. Köp mahal ota-onalarga şunaqa savol beraman. “Bolangizni beş yildan keyin qayerda köryapsiz? 15 yildan keyin qayerda köryapsiz?” degan savolga ota-onalar ba’zida javob bera olmaydi.
Ustaxona oçilayotganda, boya aytib ötganimdek, 1500 dan oşiq ota-ona armiyasi orqamda turgan bölsa ham, nima uçundir davlat hamma narsani qilib berişi kerak, hamma narsa tekin bölişi kerak yoki hamma narsani kimdir qilişi kerak degan pozitsiya yöq emas.
Bu farzand ham boşqa bir oila a’zosi, boşqa farzandlaringiz kabi bir farzand. Uning ham oilada öz örni, unga ajratilgan budjet, e’tibor bölişi kerak deb hisoblayman. Şu bilan birga, davlat tomonidan tizimlaştirilgan yordam ham bölişi kerak deb öylayman.
Muammolarni muhokama qilganimizda, bolamizga sport yöq, iş yöq, uni olib boradigan joy yöq deb aytiladi. Lekin “Oçildik, kelinglar, 20 nafar bola olişga tayyormiz” deganda, millionta bahona böldi. Bu boşimizdan ötdi ötgan yili. Kelib-ketiş, tögarak sifatida emas, biz bu narsani, bu joyni tölaqonli ustaxona va inklyuziv qilişga harakat qilyapmiz. Taşqaridan odamlar kelib, şu bolalarimiz bilan birga master-klasslar ötkazsak, hammaga oçiq bölgan joy bölişini xohlaymiz va istab qolardik.
– Moliyalaştiriş hozir qaysi manbalardan bölyapti?
– Jamoani uşlab turiş, uni moliyaviy rağbatlantiriş, ijarasi, kommunal tölovlarini tölaş uçun mablağ kerak, albatta. Birinçi bölib Özbekistondagi YuNICeF taşkilotidan loyihamizni qöllab-quvvatlagan holda, uç oylik grant oldik ötgan yili. Şu grant doirasida yaxşi bir jamoani yiğişga muvaffaq böldik.
– Uç oy tugagandir-a?
– Uç oy tugadi. Uç oydan keyin nima qilamiz degan xavotir böldi. Keyin nima qilamiz? Işlab çiqarayotgan mahsulotlarimiz hali özini qoplaş darajasida emas. Uning sotuviga harakat qilyapmiz. Imkon qadar daromad olib keladigan, bolalarimiz uyiga maoş olib boradigan holatga keltiriş niyatimiz bor. Mana, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan şunaqa joy oçgan ekansiz, şunaqa joy bor ekan, deb qiziqiş bildirişyapti.
– Bolalarda qanday özgariş? Ota-onalar qanday e’tirof etyapti, nima deyapti?
– Ota-onalar bilan suhbatlaşganimizda, bolalardagi özgariş juda ham katta. Nima uçun? Mana, masalan, loy bilan işlaş bolaning aqliy, kognitiv qobiliyatlarini ham yaxşilaydi. Miya faoliyatini yaxşilaydi. Mayda motorikasi rivojlangani hisobiga kognitiv qobiliyatlari yaxşilanadi.
Yevropa davlatlarida xirurg yoki advokatlar yoki bir oğir, deylik, stress holatida işlaydigan işçilar ham bir haftada bir marta hozirgi dorilarsiz aynan şu kulolçilik bilan borib şuğullanadi. Özim xursand bölib ketayotgan tarafim, bular bitta oila, jamoa bölib olişdi. Birinçi boşlaganimizda özimning öğlim ham, masalan, kelib, bir burçakda telefon öynab ötirişi mumkin edi. Tur, işingni qil deb aytardim. Ustalarimizga ham olib kelganimda aytardim-da, ayamasdan tepib-tepib işlatinglar derdim. Ötgan haftada Amerikadan 30 ga yaqin katta bir avtobusda mehmonlar keldi, şu joyimizni ham körişdi, mahsulotlarimizni sotib olişdi. Birorta bola turib çalğimadi, işlarini qilib ötirdi. Ular öz işiga juda ham mas’uliyat bilan yondaşayotganiga men özim hayron bölib qoldim.
Tuşlik paytida birga çiqib ovqatlanişadi, yana kirib işlarini davom ettirişadi. Şu narsaga biz erişdikki, hamma bolalar birgalikda iş joylarini yiğiştirib, keyingi kunga tayyorlab ketiş könikmalarini şakllantirdik.
Ota-onalar aynan aqliy nogironligi bölgan bolalarni katta qilayotganda ularni kiyintirib, yedirib qöyişadi. Rus tilida aytganda ’giperopeka’ kuçli bölgani uçun bolada öziga özi xizmat qiliş, nafaqat öziga, birovga yordam beriş könikmalari juda sust rivojlanadi.
Mana hozirgi kunda bolalarning rivojlanişi, bu yerda birgalikda oila bölib işlaşi meni juda ham xursand qilyapti. Moliyaviy kömak tugasa, yopişga töğri keladimi degan öylar ham bölib turadi. Lekin buni körgandan keyin grantlar yozişga va sotuvlarimizni yaxşilaşga yanada köp harakat qilyapmiz.
Buvi
– Bu yerda nabirangiz bormi?
– Ha, nabiram Abdullayev Ilya.
– U neça yoşda?
– U 23 yoşda. Unda şunday holat aniqlandi, bu kasallikmas, u öziga xos inson. Hozir ularni öziga xos insonlar deb ataşadi. Autistik spektr buzilişi bor. Onasi — rassom. U loyni... u buni şunçaki ifloslik deb hisoblardi va “Qöllarimni kir qilaman” derdi, şuni yenga olmasdi. Lekin bu yerga kelgaç, u bu loyni yaxşi körib qoldi. Uni his qila boşladi. Dastlab u har daqiqada borib qöllarini yuvar edi. Keyin esa, faqat ketayotganida: “Voy, qölimni yuvişni unutibman”, derdi. Böldi, faqat ketayotganida şunday qilardi.
– Unga bu yer yoqadimi?
– Unga juda yoqadi. Ha. Ba’zan erinaman, axir uni kuzatib qöyiş, kutib oliş kerak. Men: “Balki bugun bormassan?” deyman. U: “Yöq, men boraman”, deydi. Özi kiyinadi. Hatto bu yerga özi kelib-ketişni örgandi.
– Qandaydir özgarişlar sezdingizmi?
– Ha, özgarişlarni sezdim. Hatto bugun psixolog bilan gaplaşdik, unda katta özgarişlar röy berganini aytdi. U sözlarning ma’nosiga qiziqa boşladi. U sergaproq, kirişimliroq bölib qoldi. Çunki insonning hayotida ma’no bölişi kerak. U avvaliga hatto: “Nega yaşayapman? Nega tuğildim?” derdi. Unda şunaqa holatlar bölardi... U boşqalar kabi muloqot qila olmasligini körardi. Hozir bu iboralar uning luğatidan yöqoldi. Şunday. Demak, u endi öz işini biladi. Hozir u katta rasmlarga ötdi, çizmoqda. U masjidlarni ham, zamonaviy binolarni ham tasvirlaydi.
Ona
– Öğlingiz bu yerga kelgandan keyin qanday özgariş sezdingiz?
– Uyda zerikib qolayotgan edi. Bu yerga kelgandan keyin kayfiyati ham yaxşi böldi, xursand bölib kelyapti. Örganişni boşladi, qiziqyapti.
Ota
– Öğlingiz şu yerdami?
– Ha, öğlim şu yerda, ijodiy ustaxonada şuğullanadi.
– U bu yerga qatnay boşlaganidan keyin qanday özgarişlarni his qildingiz?
– U mas’uliyatliroq, tartibliroq böldi. Bu yerda şuğullanayotgan boşqa bolalarga qarab, ulardan örnak oladi, xuddi şunday şuğullanişga harakat qiladi va uyda ham mustaqil qarorlar qabul qiladi. Bu işga mas’uliyat bilan yondaşadi. U buni iş deb hisoblaydi.
Ziyodaxon Zuparova, keramika ustozi
– Qanday kelib qoldingiz bu markazga?
– Töğrisini aytsam, e’lon böyiça. OLXʼdan topganman. Institutni kulolçilik yönalişi böyiça bitirganman. Keyin dizayn kollejida ham kulolçilik böyiça işlaganman, lekin onalik ta’tilidan keyin işga çiqaman desam, u yoqda joy yöq edi işlaşga. Keyin ötirdim-da, rasm yönalişi böyiça ustozlik, şunaqa tögaraklarda öqituvçilik qilişga joy qidirdim. Bir kuni qidirib ötirsam, kulolçilik çiqib qoldi. Özi kulolçilik qidirmayotgan edim, çunki köp joylarda bunday yönalişdagi kulolçilik yöq. Yoki bölmasa, kulolçilik bölsa ham ingliz tili, rus tili talab qilinadi. Keyin telefon qilsam, keling deyişdi. Yugurib keldim, boşqa odam olib qöyişmasin deb. Kelganimda menga tuşuntirişdi işni. Şunaqa, nogironligi bölgan bolalar bilan işlaş. Şu kungaça öquvçilar bilan işlaganman, kiçkina, kattaroq, kollej yoşidagi öquvçilar bilan ham işlaganman, lekin bunaqa yönalişda, bunday bolalar bilan heç qaçon işlamaganman. U paytda bolalar ham unça köp emas edi. Bu yerda kulolçilik xuddi art-terapiya yönalişida işlatilardi. Birinçi öquvçim mana Ilya. U bilan işlaşni boşladim. Yoz böyi faqat Ilya bilan işladik. Undan oldin ham nogironligi bölgan, autizm, Daun sindromli bolalar bilan işlaşga qiziqardim-da, masalan, maqolalar çiqib qolsa internetda öqib çiqardim. Masalan, qanday kelib çiqadi, ular qanaqa, ularga qanday dars ötiş kerak, e’tibor beriş kerak, qiziq....
Ular olamni qanaqa köradi, qanday tuşunişadi? Va uç oy yoz şular bilan işladim. Köp bolalar bilan işlamadik. Keyin sentabrda 20 ta öquvçi oldik. Boşida yangi öquvçilar keldi. Biz ularga örganmaganmiz, ular bizga örganmagan. Töğrisini aytsam, biroz qiyin böldi boşida. Ularni örganib olgunça, ularga tuşgunça, masalan, hamma öquvçiga öziga yaraşa yöl topiş kerak-da. Ba’zi bolalarga qattiqroq gapirib örgatiş kerak. Va bir xillarga yaxşi gapiriş kerak. Bir xillarga yaxşi gapirsangiz umuman aytganingizni qilmaydi, urişiş kerak joyi kelganda. Hozir kimga qanday gapiriş kerakligini, kimga qanaqa iş beriş kerakligini ham bilamiz.
– Özingizga yoqadimi?
– Işim özimga yoqadi. Mana, loy, şu bizning yönalişimiz. Öquvçilar bilan işlaş ham, öquvçilar ham agar qiziqib kelsa, bemalol işlaymiz ular bilan. Agar qiziqmayman desa, boşidan, birinçi kunidan ma’lum böladi.
– Bu bolalar haqida nimalar deya olasiz? Nimalarni payqadingiz, nimalarni kaşf qildingiz?
– Köpinça bularning köziga qarayman-da. Körinişi katta bölsa-da, lekin köziga qarasangiz, yuziga qarasangiz yoş bola. Közlaridan hamma narsa bilinib turadi: odam katta bölganida uning xarakteri va içki dunyosi közlarida namoyon böladi. Masalan, bu bolalarning içida yomonlik ham, ğarazlik ham yöq — ular bir-birini urmaydi, talaşmaydi.
Şundoq qarasangiz, yoş bola. Ana, aytişadi-yu, özining fitratini saqlab qolgan odamlar, katta körinişda bölsa ham öz içki tozaligini saqlab qolgan. Bularning içida kiri yöq. Urişamiz, masalan, bir-biri bilan urişişadi, lekin öşani özi xohlab, çin dildan qilmaydi. Yoş bolalar biroz qöpol böladi-yu, şunday bular.
Yelena Törayeva, loyiha menejeri
– Mening ismim Amira. Men “Tabassum” loyihasining menejeriman. Bugun biz siz bilan kulolçilik böyiça mahorat darslari xonasidamiz. Sizga rivojlanişida öziga xosliklari bölgan bolalar yasayotgan buyumlar tölaqonli mahsulotlar ekanligini körsatmoqçimiz.
Ulardan oşxonangizda foydalaniş mumkin. Bizda korporativ kompaniyalar bilan işlaş tajribasi bor, korporativ buyurtmalarni bajarganmiz. Ustaxona tölaqonli işlaşi va biz ijara, kommunal xizmatlar, öqituvçilarning maoşi kabi xarajatlarni tölay olişimiz uçun öz mahsulotlarimizni sotamiz. Bizda juda çiroyli buyumlar: vaza, krujka, likopçalar tayyorlanadi. Mana şunday ajoyib idişlarni yaqinlaşib kelayotgan Hayit bayramiga tayyorladik. Biz har qanday hajmdagi korporativ buyurtmalarni bajaramiz va biznesni inklyuziv ustaxonani qöllab-quvvatlaşga, maxsus ustalarning işlari bilan tayyorlangan buyumlarga buyurtma berişga çorlaymiz. Bugun siz bu yerda körib turgan mahsulotlar juda xilma-xil. Bu, albatta, hozirda mavjud bölgan narsalar, lekin biz mutlaqo har qanday korporativ buyurtmani bajara olamiz. Ötgan yili bunday korporativ buyurtmalarda tajriba orttirib, biz bu borada mustahkamlandik va şuning uçun, albatta, biz biznesni aynan ijtimoiy loyihalarni tanlaşga va bu ijtimoiy loyihalarning mavjud bölişiga biznes ulardan buyurtma berişi orqali imkoniyat yaratişga çorlaymiz. Masalan, bu krujkaga Xitoydagi qaysidir nomsiz zavodda buyurtma beriş yoki, misol uçun, “Tabassum”da yaqinlaşib kelayotgan bayramlarga sovğa qiliş va şu bilan birga bunday juda muhim loyihaning muhim missiyasini qöllab-quvvatlaş mumkin.
Bolalar korporativ buyurtmalarni bajariş vaqtida özlarini juda va juda mas’uliyatli tutişadi. Ular bu jarayonda iştirok etayotganliklarini, işga kelgandek kelayotganliklarini his qilişadi. Bu ularda mas’uliyat hissini, natijadan ğururlaniş tuyğusini kuçaytiradi. Ötgan yili ijtimoiy tarmoqlarimizda korporativ buyurtmalarni bajarganimizda, buni bolalar bilan tölaqonli jamoa sifatida nişonlaganimizni ham körsatib ötdik. Şu sabab bu ular uçun juda muhim. Bu jamoamizning har bir a’zosi uçun muhim. Va biz bilan işlaganlar – ötgan yili biz işlagan kompaniyalar – ularning qalbidagi aks sadoni kördimki, biznes şunçaki pul sarflamabdi, balki yaxşi bir iş qilibdi. Bu esa butunlay boşqaça va har tomonlama özgaça edi. Şuning uçun, albatta, biz ijtimoiy loyihalarni, ayniqsa, bizning “Tabassum” kabi loyihamizni qöllab-quvvatlaşga çaqiramiz. Bu yerda siz yaqinlaşib kelayotgan bayramlarga keramikadan yasalgan har qanday buyumga buyurtma berişingiz mumkin.