Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Xitoyga sanksiyalar bilan tahdid qildi
AQSh Davlat departamenti va Oq uy vakillari Shimoliy Koreya bilan noqonuniy biznes olib borayotgan va shu tariqa Pxenyanga qarshi kiritilgan sanksiyalarni buzayotgan Xitoy kompaniyalariga sanksiyalar kiritishga va'da berdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
"Biz Xitoy rezolyutsiyani bajarishiga umid qilamiz, biroq Xitoy kompaniyalari uni buzib, Shimoliy Koreyada biznes yuritsalar, cheklovlar ostiga tushgan tuzilmalarga yordam bersalar, xitoyliklar zarur choralarni ko‘radi deb ishonib, ularga bu haqda xabar beramiz", deb aytdi AQSh davlat kotibi Deniyel Rassel.
Rasselning qo‘shimcha qilishicha, agar xitoyliklar ko‘mak ko‘rsatishdan bosh tortsalar, unda AQSh hukumatida sanksiyalar kiritishdan boshqa chora qolmaydi.
Mavzuga oid
22:12 / 11.06.2026
AQSh Ukraina va Erondagi urushlar tufayli dunyodagi eng yirik neft eksportchisiga aylandi
21:17 / 11.06.2026
Tramp Eron neft va gaz bozorlarini «to‘liq Amerika nazorati ostiga» olishga va’da berdi
20:29 / 11.06.2026
Eron afsonaviy Apacheʼni urdi. Urush qaytalandi
14:07 / 11.06.2026