Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropadagi davlatlarda qochqinlarga yaratilgan sharoitlar
Yevropaga kirib kelayotgan qochqinlar soni ortib bormoqda. Ksenofobiya, shovinizm, siyosiy beqarorlik va tikanli simlarning o‘rnatilganiga qaramay qochqinlar, ayniqsa Suriya va Iroqdan kelayotganlar G‘arb davlatlarida moliyaviy yordam olmoqda.
Buyuk Britaniya
Buyuk Britaniyada qochqinlar avvaliga vaqtinchalik turargohlarga joylashtiriladi. Keyinchalik esa ular hukumatga ko‘mak so‘rab murojaat qilishlari mumkin. Agarda murojaat tasdiqdan o‘tsa, qochoqlar bir kecha-kunduz uchun besh funtdan ortiqroq moliyaviy yordam olishadi.
Fransiya
Fransiyada qochqin maqomini berish bo‘yicha muhojirning murojaati ko‘rib chiqilguncha, unga vaqtinchalik yashash markazlarida joy berishadi. Tegishli qaror chiqarilgunga qadar esa muhojirlar oyiga 120 yevro miqdoridagi yordam pulini olib turishadi. Agarda unga vaqtinchalik turargohlarda joy berilmasa, yordam miqdori oyiga 340,5 yevroni tashkil qiladi.
Shvetsiya
Shvetsiyada muhojirlar uchun eng yaxshi sharoit yaratilgan. Muhojirlarga qochqin maqomini berish bo‘yicha murojaat ko‘rib chiqish jarayonida oyiga taqdim etiladigan yordam puli 250 yevroni tashkil qilib, unga yashash joyi ham beriladi.
Germaniya
Germaniyada chegaradan o‘tgan har bir qochqin to‘liq tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilib, muhojirlarni vaqtinchalik saqlash markazlariga joylashtiriladi. Davlat ularni oziq-ovqat, shaxsiy gigiyena vositalari va dori-darmonlar bilan ta'minlaydi.
Avstriya
Avstriyada muhojirlar qochoqlar lageriga uch haftadan uch oygacha bo‘lgan vaqtga joylashtiriladi.
Har bir qochqin har oyda oziq-ovqat uchun 200 yevro, shaxsiy maqsadlariga – 40, har bir bolaga – 90 yevrodan oladi. Bundan tashqari, har bir qochqinga bir yilda kiyim-kechak uchun 150 yevro to‘lab beriladi.
Mavzuga oid
08:50 / 05.06.2026
YeIda ukrainalik qochqinlarni himoya qilish tartibi o‘zgarishi mumkin
21:19 / 12.03.2026
Eronda 3 milliondan ortiq aholi urush tufayli uylarini tark etdi – BMT
14:29 / 24.02.2026
YeI qochqinlarni uchinchi davlatlarga deportatsiya qilishni tasdiqladi
14:01 / 03.02.2026