Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Stoltenberg navbatdagi NATO sammiti o‘tkazilishining asosiy maqsadini ma'lum qildi
2017 yilda NATO sammiti kichikroq doirada o‘tadi, uning bosh maqsadi NATOga a'zo davlatlarning AQShning yangi prezidenti Donald Tramp bilan tanishuvi bo‘ladi, deb aytdi NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg.
Avvalroq alyans navbatdagi sammitni Bryusseldagi yangi bosh-qarorgohida o‘tkazish qarorini qabul qilgandi.
"Bu kichikroq doiradagi sammit bo‘ladi, u yangi prezident Donald Trampga NATO bilan uchrashishga imkon beradi. Bizda bunga o‘xshash uchrashuv 2001 yilda, AQSh prezidenti Bush bo‘lganda o‘tgandi, biz bu binoda kichik sammit o‘tkazgandik. Shunday uchrashuv yana 2009 yilda ham bo‘lgan", deb aytdi Stoltenberg jurnalistlarga.
Stoltenberg sammit aynan qachon va qanday shaklda o‘tkazilishini aytishga hali barvaqt ekanini aytdi.
"Biroq, bu sammit kichik sondagi uchrashuvlar bilan o‘tishi ehtimoli bor, chunki uning asosiy maqsadi NATOning AQShning yangi prezidenti bilan uchrashuvi bo‘ladi", deb ta'kidlab o‘tdi NATO rahbari.
Mavzuga oid
10:15 / 08.06.2026
O‘zbekiston NATO sherik davlatlari kunida ishtirok etdi
22:20 / 06.06.2026
NATO Ukrainaga 70 mlrd yevrolik harbiy yordam ajratish masalasini muhokama qilmoqda – OAV
09:37 / 25.05.2026
NATO sammiti oldidan Ukraina bo‘yicha bahslar kuchaydi
08:46 / 22.05.2026