Andijonda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi uyushqoqlik bilan o‘tmoqda
Andijon viloyatida tashkil etilgan 773ta saylov uchastkalari erta tongdanoq saylovchilar bilan gavjum bo‘ldi. Ro‘yhatga olingan 1 851 256 nafar saylovchi o‘z konstitutsion huquqini ro‘yobga chiqarmoqda.
Barcha saylov uchastkalarida saylovchilar uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Prezidentlik saylovlarida ovoz berish jarayonining demokratik talablar asosida o‘tishi ta'minlanmoqda.
Viloyatdagi 14, 38, 25, 29 va 16-saylov uchastkalarida bo‘lganimizda fuqarolarni muhim siyosiy tadbirda faol ishtirok etayotganiga guvoh bo‘ldik.
Andijon shahridagi politexnika kasb-hunar kolleji binosida joylashgan 14-saylov uchastkasida shaharning Mustaqillik va Hamid Qodirov mahallalarida yashovchi 2995 nafar saylovchi ro‘hatga olingan. “Yoshim 63da, erta tongda kelib, yurtimiz kelajagi va farovonligi uchun o‘zim tanlagan nomzodga ovoz berdim”, - deydi Maxpiratxon ona Abdulnabiyeva.
Viloyatdagi O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tizimidagi harbiy qismga joylashgan 16-saylov uchastkasida harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolari o‘z saylov huquqlaridan foydalanib, ovoz berishmoqa. “Vatan deya atalmush zaminni tinchligi yo‘lida o‘z kuch-qudratimni sarflash niyatimdir, - deydi oddiy askar Muhiddin G‘oyimov. – Bugun yurtimiz farovonligi, tinchlik, osoyishtaligimiz barqarorligi uchun bel bog‘lagan nomzodga o‘z ovozimni berayotganimdan, mana shunday muhim siyosiy jarayonda mening ishtirokim muhim ahamiyatga ega ekanligidan juda xursandman”, - deydi saylovchilardan biri.
Viloyatda 52 mingdan ziyod yo‘nalishdagi “Damas” avtomashinalari va taksilar saylovda ishtirok etuvchi aholiga bepul xizmat ko‘rsatmoqda.
muxbir Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
23:25 / 20.09.2024
AQSh prezidentligiga nomzodlar xavfsizligi kuchaytirilishi mumkin
23:38 / 02.08.2024
Harris prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatilishi uchun yetarli ovoz to‘pladi
19:01 / 03.06.2024
Eronda prezidentlik saylovida ishtirok etish uchun birinchi marta ayol ro‘yxatdan o‘tdi
18:13 / 30.05.2024