Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ellikqal'ada “Men ovoz berdim” aksiyasi davom etmoqda
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tashabbusi bilan «MeN OVOZ BeRDIM!» aksiyasi davom etmoqda, ya'ni 18 yoshga to‘lgan, birinchi marta ovoz beradigan yoshlar aksiyada ishtirok etmoqda.
“Saylovda birinchi marotaba ishtirok etishim, - deydi Ellikqal'a san'at va pedagogika kolleji o‘quvchisi Jumaniyazova Marhabo. Men saylovda ishtirok etish orqali o‘z xohish-istaklarimni erkin bildirib, konstitutsiyaviy huquqimdan foydalandim. Ayni paytda saylash va saylanish huquqining mohiyati, saylov jarayonlarining tashkil etilishi, byulletenda tanlangan nomzodni belgilash bo‘yicha muayyan tushunchaga ega bo‘lsam-da, ushbu muhim siyosiy tadbirda bevosita ishtirok etish menga katta mas'uliyat yuklashini yaxshi anglab turibman.

Biz yoshlar saylovda shunchaki ishtirok etmasdan, balki ushbu siyosiy jarayonga ongli va mas'uliyat bilan yondashishimiz, har bir nomzod va uning dasturi bilan yaqindan tanishishimiz lozim. Nomzodning ilgari surayotgan g‘oyalari aholining maqsad va manfaatlari hamda xohish-istaklariga mos kelishini ham e'tibordan chetda qoldirmaslik zarur”.

Albatta, yoshlarimizning mamlakatimizda ro‘y berayotgan siyosiy jarayonlarga befarq emasligi ularning dunyoqarashi keng, o‘z fikri va munosabatiga ega, Birinchi Prezidentimiz orzu qilganidek, tom ma'noda barkamol avlod bo‘lib shakllanayotganidan dalolatdir. Shunday ekan, o‘z yurti va unda yuz berayotgan ijtimoiy - siyosiy voqealarga befarq bo‘lmagan, o‘z taqdirini yurt taqdiri bilan bog‘lagan har bir yosh saylovda faol ishtirok etadi.

“Kamolot” YoIH Ellikqal'a
tuman Kengashi raisi: Baltayev Javlon
Mavzuga oid
17:11 / 10.08.2017
«Paxtakor» homiylari ichida hamon «Kamolot» bormi? (Fotofakt)
15:50 / 12.07.2017
Yoshlar ittifoqining Farg‘ona viloyati kengashiga rais saylandi
09:52 / 01.07.2017
Ota-onalarning farzand tarbiyasi uchun mas'uliyat va burchi huquqiy asosda mustahkamlanadi
09:24 / 01.07.2017