Jahon | 09:40 / 04.12.2016
3806
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyada benzovoz portlashi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyaning markaziy qismidagi Niger shtatida dizel yoqilg‘isini tashiyotgan yuk mashinasining portlashi oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy politsiyaga iqtibos keltirgan holda "Sinxua" axborot agentligi xabar berdi. 

"2 dekabrda Tegina shahrida dizel yoqilg‘isi olib ketayotgan sisternali yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni qo‘ldan chiqarib, boshqa avtomobil bilan to‘qnashib, turar joy binolariga borib urilgan. Oqibatda 14 kishi halok bo‘lgan. Voqea oqibatida binoni alanga qamrab olgan hamda unda yashovchilar va yo‘l chetidagi savdogarlar halok bo‘lgan", deb aytdi Niger shtati vakili Bala Elkana.

"Voqea yuzasidan tergov boshlandi, politsiya uning sabablarini aniqlashi kerak", deb qo‘shimcha qildi Elkana.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid